Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (273-son, 05.07.2023 y) qabul qilindi
Qarorga koʻra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berish va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorakoʻl IT-klasteri tashkil etiladi.
IT-klaster doirasida quyidagilar faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi:
zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;
masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
ilmiy-tadqiqot markazlari, oʻquv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi.
Buning uchun:
bosqichda 2023-yil 31-dekabrgacha maʼmuriy bino, oʻquv laboratoriyasi va 5 600 oʻringa moʻljallangan oʻquv binolari quriladi;
bosqichda 2024-yil 1-sentyabrgacha 1 300 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi, 15 oʻringa moʻljallangan mehmonxona, 100 oʻringa moʻljallangan inkubatsiya markazi, 200 oʻringa moʻljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari quriladi.