Qoramol go‘shti importi 13,8 ming tonnaga oshgan

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 141,9 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 32,8 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

    Qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,8 ming tonnaga oshgan.

    2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar:

    Belarus – 17,1 ming tonna
    Qozog‘iston – 11,6 ming tonnaBraziliya – 1,4 ming tonna
    Hindiston – 967 tonna
    Rossiya – 791 tonna