Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Sirdaryoda infratuzilma va quruvchilar bilan ishlash oʻz holiga tashlab qoʻyilgani tanqid qilindi

    Yigʻilishda hamma hokimlar ham qurilishning iqtisodiyotimiz uchun, aholi farovonligi uchun qanchalik muhimligini tushunib yetmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

    Oʻtgan yili uy-joy qurilishida Toshkent shahri, Navoiy, Buxoro, Xorazm va Samarqandda ishlar yaxshi tashkil qilingani aytildi.

    Lekin “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi ishlarning borishi qoniqarsiz ekani qayd etildi.

    Qoraqalpogʻiston, Jizzax va Sirdaryoda esa infratuzilma va quruvchilar bilan ishlash oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Xorazmda 98 ta, Buxoroda 65 ta, Jizzaxda 19 ta, Navoiyda 12 ta auksionda sotib olingan yerda qurilish boshlanmagan.

    Baʼzi xonadonlar aholi va infratuzilmadan uzoq, talab boʻlmagan joyda qurilgani uchun bir yildan beri sotilmayapti.