Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Sessiyada O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va uning o'rinbosarlari, shuningdek, vazirliklarning, idora va korxonalarning, huquqni muhofaza qilish organlarining rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.


Sessiyani Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Raisi M.Erniyazov ochib berdi va boshqarib bordi.

Dastlab deputatlar sessiyaning Kotibiyatini sayladi va kun tartibini tasdiqladi.

Sessiyada Prezidentimiz  SH.M.Mirziyoev tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida xalqimiz salomatligini himoya qilish va iqtisodiyot tarmoqlariga oid qabul qilingan farmon va qarorlarining hayotimizda tutgan o'rni, ishlab chiqarilgan dasturlar asosida yurtimizga koronavirus infektsiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, pandemiya ta'sirini yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarining faoliyatini tiklash, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarga batafsil to'xtalib o'tdi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq tashkiliy masala, ya'niy “Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori to'g'risida”gi masala ko'rib chiqildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelgan X.Karimov boshqa ishga o'tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan bo'shatish masalasi bo'yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasi, 10-bandiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori kelishuvi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokurori lavozimiga shu kungacha Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Allambergenov Farxat Embergenovichning nomzodi taklif qilindi va uning tarjimai holi bilan tanishtirildi.

Bu masala bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori so'zga chiqdi.

Taklif qilinayotgan nomzodni qo'llab-quvvatlab «Kelteminar» saylov okrugidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati O.Allabergenova, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining birinchi o'rinbosari M.Axmedova, Kegeyli tumani hokimi M.Abdirov, «Ketenler» saylov okrugidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati SH.Usnatdinov so'zga chiqdi.

Sessiyada F.Allambergenov Qoraqalpog'iston Respublikasi Prokurori lavozimiga tasdiqlandi va o'zining bor bilimini, to'plagan ish-tajribasini yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirishga, aholi farovonligini oshirishga sarflashini ta'kidladi.

Bu masala bo'yicha deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Sessiyada «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan koronavirus pandemiyasiga oid qabul qilingan farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi to'g'risida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektor va soha rahbarlari hisobotlari to'g'risida»gi masala ko'rib chiqildi.

Bu masala bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariev, Ichki ishlar vaziri A.Temirxanov, Soliq boshqarmasi boshlig'i X.Bekchanov, Milliy Gvardiya hududiy boshqarmasi boshlig'i M.YUsupov, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari – Qoraqalpog'iston Respublikasi iqtisodiy rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirish vaziri A.Tajetdinov, «Markaziy bank»ning Qoraqalpog'iston Respublikasi bosh boshqarmasi boshlig'i B.Allaniyazovning hisobotlari tinglandi.

Bu masala bo'yicha ham deputatlar tegishli qaror qabul qildi.

Sessiyada «Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining Agrar, suv xo'jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo'mitasi tarkibiga o'zgarish kiritish to'g'risida»gi masala ko'rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

SHu bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining navbatdan tashqari beshinchi sessiyasi o'z ishini yakunladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid materiallar