Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 9-14° iliq, shimolda 2-7° iliq bo‘ladi. 

 Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

 Tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.