Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi

    Matbuot anjumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi raisi Kamal Tarixov va boshqalar odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida toʻliq va batafsil maʼlumotlar berdi.

    Taʼkidlanganidek, 2024-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudlari tomonidan 2323 ta jinoyat ishi koʻrilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ishlar soni 366 taga yoki 18,7 foizga koʻpaygan.

    Koʻrib tamomlangan jinoyat ishlari 70,9 foizni tashkil etgan. 2144 nafar shaxsga jazo tayinlash bilan ayblov hukmi, 22 nafar shaxsga oqlov hukmi, 138 nafar shaxsga jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqarilgan. 77 nafar shaxsga tayinlangan jazo shartli hisoblanib, ularga nisbatan sinov muddati belgilangan.

    Shuningdek, matbuot anjumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari tarixi kitobi nashr etilganligi taʼkidlandi.

    Qoraqalpogʻiston sudlarining tarixi va bugungi kunidan darak beruvchi, Qoraqalpogʻistonda sud organlarining shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari, mustaqil sud hokimiyatining tashkil etilishi, shuningdek sud sohasida xizmat qilgan va hozirgi vaqtda oʻz faoliyatini olib borayotgan sudya va xodimlar haqida soʻzlovchi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari: tarix va bugun” deb nomlangan ushbu kitob haqida maʼlumotlar jamlangan taqdimot roligi namoyish etildi.

    Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

    Minajatdin Qutlыmuratov,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.