Qoraqalpogʻiston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etdi

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist hamda Qoraqalpogʻiston xalq artisti Kengesboy Serjanov 66 yoshida vafot etdi.

    Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Kengesboy Serjanov faoliyati davomida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, Repsublika estrada-sirk kollejida yoshlarga ustozlik qildi. Alisher Navoiy nomidagi katta akademik opera va balet teatrida opera xonandasi sifatida sermahsul ijod qilib, koʻplab bosh rollarni ijro etdi.

    Kengesboy Serjanov keng diapazonli, sahroyi ovoz egasi boʻlish bilan birga koʻplab xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻldi. Respublikamizga taniqli opera xonandalarini yetishtirishda, mamlakatimizda opera sanʼatini rivojlantirishda salmoqli hissa qoʻshdi. Kenesbay Serjanovning yorqin xotirasi mudom yodimizda saqlanadi.

    “Yuz.uz” jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.