Qoraqalpog‘istonda -23 daraja sovuq kuzatildi

    Aholi ayni dam tashqaridagi havo haroratini -30 darajali sovuq kabi his qilmoqda. 

    Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi "Raushan" mini meteorologik stansiyada -23 darajalik sovuq harorat kuzatilmoqda.

    Maʼlumotga ko‘ra, shamol 4 m/s tezlikka ega.

    Shuningdek, Nukusda -20 daraja sovuq. Samarqand, Jizzax, Guliston, Toshkent, Nurafshon va vodiy viloyati markaziy shaharlarida qor yog‘ib o‘tmoqda.