Qoraqalpogʻistonda 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi quriladi

    Birinchi Samarqand xalqaro iqlim forumi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

    Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

    Xususan, ISSV va SANY Renewables International Investment Co., Ltd. oʻrtasida Qoraqalpogʻistonda 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish, shuningdek, Xitoyning Liquip International kompaniyasi Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish boʻyicha boʻyicha Investitsiya bitimlari qabul qilindi.