Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi tomonidan bugungi kunga qadar 11 tumanda majlis o'tkazildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, o'tkazilgan majlislar bayonnomalari asosida Davlat dasturlari doirasida belgilangan topshiriqlarni, o'z sohalari bo'yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo'l qo'ygan, o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmagani uchun 15 nafar mansabdor shaxs Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Shu bilan birga, 116 nafariga intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.