Qoraqalpog'iston Respublikasida 1,8 mlrd so'mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati fosh etildi.

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Nukus shahrida faoliyat yurituvchi «D.S.» MCHJ mas'ul shaxslari qurilishi tugallanmagan ko'p qavatli binoda gaz tarmog'iga to'g'ridan-to'g'ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'rilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.