«Zamin» xalqaro jamoat fondining «Toza ichimlik suvi» loyihasi doirasida maktablarga ichimlik suvi qurilmalari o‘rnatilib, ular avvaldan o‘rnatilgan suv tozalash uskunalariga ulanmoqda.
Mazkur tashabbus o‘quvchilarning toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, maktablarda ta’lim olish uchun qulay sharoit yaratish va bolalarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Fond ma’lumotida qayd etilishicha, toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish BMTning 4-Barqaror rivojlanish maqsadi — «Sifatli ta’lim» hamda 6-Barqaror rivojlanish maqsadi — «Toza suv va sanitariya»ga erishishga ham hissa qo‘shadi.