12-iyun kuni soat 6:00 larda Nukus shahri, “Gʻarezsizlik” MFY, Qoraqalpogʻiston koʻchasida yashagan 1996-yilda tugʻilgan fuqaro M.A. yashash uyining 4-qavatidan qulab, jonsiz holda topilgan.
Marhuma M.A. fuqaro B.U. bilan 2017-yil yanvar oyida qonuniy turmush qurib, nikoh davrida, 2018 va 2021-yillarda oʻgʻil va qiz farzandlari dunyoga kelgan.
2022-yil sentyabr oyida marhumaning 2 nafar egizak chaqaloqlari kasallikdan nobud boʻlgani sababli, ruhiyatida oʻzgarish boʻlgan.
Marhumaning turmush oʻrtogʻi B.U ertalab soat 5:40 larda uyqudan turganida turmush oʻrtogʻi M.A.ning uyda yoʻqligini bilib, tashqariga chiqadi va uyi oshxonasi derazasi ostida hushsiz holatda topib, tez yordam va yaqinlariga qoʻngʻiroq qiladi.