Taʼkidlanishicha, anomal sovuq kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:

- vaziyat normal holatga qaytgunicha maxsus vaziyatlar boʻyicha tezkor shtab faoliyati kuchaytiriladi.

- gaz quyish shoxobchalari (metan gaz quyish shoxobchalari) va barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berish toʻxtatiladi.

- barcha taʼlim muassasalari, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim markazlarida dam olish kunlari 16-yanvarga qadar uzaytiriladi.

Xalqimizning jamoat transportiga boʻlgan kundalik ehtiyojini qondirish va barqaror transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash maqsadida jamoat transportida benzin uchun kompensatsiya pullari Qoraqalpogʻiston Respublikasi  Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan toʻlanadi.