Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida joylashgan “Panaev Farms” fermer xoʻjaligi tomonidan “Orolboʻyi mintaqasida yashovchi bolalar uchun sut kislotali bakteriyalarning mahalliy shtammlari asosida sut mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi doirasida yangi turdagi sut mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Ushbu loyiha 2021-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan boʻlib, Turkiya davlatidan jami 90 ming dollar qiymatidagi zamonaviy uskunalar olib kelindi va yiliga 60 tonna sut mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Loyihaning toʻliq quvvatda ishga tushirilishi natijasida 8 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, kelgusida mavjud talablardan kelib chiqib, olib kelingan uskunalarda yana 50 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.