Hujjat bilan belgilanishicha, 2025-yildan boshlab Qoraqalpogʻistonda:
- kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar har bir tumanda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida kamida 50 gektar maydonda amalga oshiriladi;
- ushbu loyihalar boʻyicha imtiyozli kreditlar sugʻurta taʼminoti bilan garovsiz ajratiladi;
- “Agroplatforma” axborot tizimi orqali imtiyozli kreditlarni ajratishda kunjut va mosh ekinlari ekilgan maydonning gektariga nisbatan hosildorlik normativi 0,27 sentnerni tashkil etadi;
- imtiyozli kreditlarni ajratishda hosildorlik qiymati sifatida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilinadigan kunjut va moshning tavsiyaviy realizatsiya narxlari qabul qilinadi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2025-yil 28-maydan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.








