Qoraqalpogʻiston Respublikasi nazorat inspeksiyasi tomonidan «Т.М.С» MCHJ (nomi oʻzgartirilgan)da oʻtkazilgan tekshirishda avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasi tomonidan 222,64 million soʻmlik siqilgan tabiiy gaz mahsuloti muvofiqlik sertifikatisiz realizatsiya qilinganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan MJtKning 214-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 50 % miqdorida jarima qoʻllash maqsadida iqtisodiy sudga kiritilmoqda.
Ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsulotni sertifikatlashtirish yuzasidan yozma koʻrsatma berildi.