Ushbu masjid 200 namozxonga moʻljallangan. Masjidning ochilish marosimi joriy yilning 1-apreliga rejalashtirilgan.

Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kun holatida Qoraqalpogʻiston Respublikasida jami 65 ta diniy tashkilotlar roʻyxatga olingan boʻlib, shularning 62 tasi jome masjidi, 2 tasi noislomiy diniy tashkilot va 1 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Musulmonlar Qoziyatidir.