Qoraqalpogʻistonda obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

    Ijtimoiy hayot 4 Iyul 2025 675

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻngʻirot tumani boʻlimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Obodonlashtirish boshqarmasi yordamchi xodimlar boʻlimi xodimasi G.A fuqaro A.O.ning ishonchiga kirib, uni Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgani aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra u buning uchun 10 mln soʻm talab qilgan. Pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.