Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarish vazirligi, respublikasi prokuraturasi va “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi hamkorligida navbatdagi nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.
Moʻynoq tumani “Qazaxdarya” OFY hududida oʻtkazilgan reyd davomida “Qoraoʻzak” davlat oʻrmon xoʻjaligi rahbari A. I. tegishli ruxsatnomasiz ov miltigʻi bilan ov qilib yurganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
.jpg)









