Marosimda Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Akmal Asqarov va Qoraqalpogʻistonning bir qator davolash-profilaktika muassasalari mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbir davomida yigʻilganlar dispanserda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bu dispanser toʻliq rekonstruksiyadan chiqib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va inventar bilan taminlangan. Sifatli tibbiy tekshiruvlarni amalga oshirish uchun har bir mutaxassisga alohida xona ajratilib, UTT, Rentgen, laboratoriya, sterilizatsiya, shuningdek, kunduzgi davolash xonalari ham tibbiy xizmat koʻrsatishga tayyor holatga keltirilgan.

Yurtimizda aholi salomatligi, jumladan oʻsmirlar va yoshlarning salomatligini asrash alohida eʼtibor talab qiladigan masalalardan hisoblanadi. Yuqori va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchi yoshlarning sogʻligini mustahkamlash, ularni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish va ular orasida sogʻlom turmush tarzini tatbiq etish orqali kelajagimiz asosini quruvchi sogʻlom avlod yetishib chiqishi shubhasizdir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.