Holat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani IIB tomonidan oʻrganildi.
Oʻrganish davomida bitta erkak va ikkita urgʻochi bugʻular ov miltigʻi bilan oʻldirilganligi maʼlum boʻldi. Hodisa joyi koʻzdan kechirilganida rezervatning zaxira yerlaridan 2 ta ov miltigʻi oʻq dorisining plastik boʻlaklari, qonga oʻxshash qizil dogʻlar va ov miltigʻi topildi. Ov miltigʻi ashyoviy dalil sifatida olindi, deya xabar beradi vazirlik axborot xizmati.
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro bugʻulari oʻldirilishi natijasida hayvonot dunyosiga jami 3 mlrd 375 mln soʻmlik moddiy zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan fuqaro M.K. Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qoʻlga olindi. Hozirda Beruniy tumani IIB tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovoldi tekishiruv ishlari olib borilmoqda.