"Ushbu reyd tadbiri davomida Qorao‘zak tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan 1 dona jayron hamda tegishli ruxsatsiz 10 dona quyon ovlanganligi aniqlangan", deyiladi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabarida.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.