Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi

    Uchrashuvda Bosh vazir oʻrinbosari – Hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xodjayev, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini tingladi.

    Shu yilning 29-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida investitsiya loyihalarini jadallashtirish, eksportchi korxonalarga amaliy yordam koʻrsatish, mavjud muammolarni bartaraf etish va yangi takliflar ishlab chiqish maqsadida tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

    Uchrashuvda Bosh vazir oʻrinbosari – Hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xodjayev, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanov ishtirok etib, tadbirkorlarning taklif va murojaatlarini tingladi.

    Tadbirkorlar tomonidan koʻtarilgan masalalar, jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi toʻsiqlar, eksport faoliyatidagi muammolar, davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikdagi qiyinchiliklar va boshqa dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

    Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan tezkor choralar koʻrish, huquqiy maslahatlar berish va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

    Muammoli masalalarni hal etish uchun masʼul tashkilotlar va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borish belgilab olindi.