Turizm va sport vazirligi xabariga koʼra, kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borgan xalqaro ekspertlar guruhi tarkibiga arxeologiya, arxitektura, madaniyat hamda yodgorliklar tarixi va hujjatlari sohasidagi mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar kiritildi. Ekspeditsiya Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti (IICAS) homiyligida va London Universitet kolleji koʼmagida «Markaziy Osiyo arxeologik landshaftlari» loyihasi doirasida boʼlib oʼtdi.
Markaziy Osiyo mintaqasi tarixida ilk bor yangi metod va uskunalardan foydalangan holda obʼektlarni batafsil hujjatlashtirish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirildi. Maʼlumotlarni yigʼish uchun mutaxassislar uchta uchuvchisiz uchish vositasidan foydalanganlar. Toʼrt ixtisoslashgan guruh 8000 kilometrdan ortiq masofani bosib oʼtdi. Tadqiqotlar natijasida viloyatning 53 ta yodgorligi haqida materiallar olindi, 67 000 dan ortiq aerosurat va 144 videofilьm olindi. Toʼliq tadqiqot 5 000 gektardan ortiq maydonni qamrab oldi.