Nukus shahridagi test sinovlari o‘tkaziladigan joylar qatorida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport majmuasida ham abiturientlar test sinovlarida ishtirok etyapti.
Bu yerda abiturientlarning ota-onalari uchun kutish joylari, test jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati, shuningdek, boshqa zarur sharoitlar yaratildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, test sinovlari kuniga ikki smenada – 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida jami 32 700 dan ortiq abiturientlar ishtirok etishi kutilayotgan bo‘lib, test sinovlari shu yilning 22-iyulgacha davom etadi.
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv orqali onlayn translyasiya qilinyapti hamda jarayonni test2025.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
Minajatdin Qutlыmuratov,
«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.








