Ayni vaqtda shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari yoshlar, xotin-qizlar va aholining turli qatlamlari bilim va ko'nikmalarini islohotlarga moslashtirish, ularning professional rivojlanishiga yangicha yondashishni talab etmoqda. Ularda tadbirkorlik va biznes ko'nikmalarini shakllantirish, kasbiy malakasini oshirish orqali iqtisodiy o'sishni ta'minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Bu borada mamlakatimiz rahbarining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilingan hamda 2021-yil 27-yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida o'tkazilgan “Yoshlar bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi kengaytirilgan tarzda videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari tomonidan asosiy aholi, yoshlar, xotin-qizlarni kichik biznes va tadbirkorlikka o'qitish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni kamaytirish, viloyatlarni moliyaviy-iqtisodiy o'sishi, biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlar sonini ko'paytirish bo'ycha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, direktorning hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari — SH.N. Isaqulov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy filiallariga tashrif buyurib, o'quv kurslari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlar va rejalari bilan tanishdi. Kurs tinglovchilariga Oliy maktab va uning hududiy filiallari faoliyati haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Tashrif davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri N.U. Erlepesov bilan ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda hududdagi aholi qatlamlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar, tadbirkor ayollar, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro'yxatga olingan fuqarolarning malakasi, bilim va ko'nikmalarini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni kamaytirish, viloyatlarni moliyaviy-iqtisodiy o'sishi masalalari bo'yicha o'zaro fikrlar almashildi.

Aytish joizki, 2021-yil 15-fevraldan boshlab Oliy maktabning Koraqalpog'iston hududiy filialida hotin-qizlar va yoshlar uchun 28 ta yo'nalish bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etildi. Ularda “Ayollar daftari”da ro'yxatda turuvchi, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro'yxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar va tadbirkor ayollar faol qatnashmoqda.

O'tkazilayotgan ushbu o'quv kurslari mutlaqo bepul. Unda va o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish arafasida yurgan va tadbirkorlik foaliyati bilan shug'ullanib kelayotgan xotin-qizlarga biznes rejani ishlab chiqish, davlat reestridan o'tkazish, bankda o'z hisobvaraqalrini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar bo'yicha atroflicha ma'lumot berilmoqda.         

Respublika bo'ylab 2021-yil 30-mart holatiga ko'ra tashkil etilgan o'quv kurslarida 1300 nafardan ziyod aholi, yoshlar va xotin-qizlar bepul o'qitilib, ularning barchasiga sertifikatlar topshirilgan. E'tiborlisi, o'quv kurslarida qatnashganlarning 70 foizdan ortig'i o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish arafasida, qolganlari esa o'z faoliyatini kengaytirish harakatida. 

E'tiborlisi, ushbu kurslar orqali respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, 2021-yilda Oliy maktab tomonidan 43 120 nafar, 2022-yilda 100 000 nafar, 2023 yilda 200 000 nafar aholini tadbirkorlikka o'qitish rejalashtirilgan. Mazkur rejani amalga oshirish borasida Oliy maktab respublikamizning yetakchi vazirlik va idoralari bilan samarali hamqorlikni yo'lga qo'ygan.

O'quv kurslari tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvali asosida tashkillangan bo'lib, ayni jarayonda xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini yanada oshirish, bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, tadbirkorlikni va davomida duch kelish mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etishdagi ahamiyatli jihatlar yuzasidan tajriba almashadilar.

Unda samarali ish ko'rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining biznesni tashkil etish hamda rivojlantirish bo'yicha tajribasi haqida mahorat saboqlari xam o'tkazib kelinmoqda. Hududda yuqori natijalarni ko'rsatayotgant korxonalarga tashrif buyurib, amaliyot bilan bevosita tanishish ham amalga oshiriladi.

O'quv dasturidagi barcha mavzu doirasida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarga echim topishida ham tegishli ko'rsatmalar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bo'yicha amalga oshirilayotgan so'ngi islohotlar, sohani yanada rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qaror va farmonlar, ularning mazmun-mohiyati bo'yicha ham tushuntirishlar berilyapti.

Har bir o'quv kursi yuqori sifatini ta'minlash maqsadida:

  • tadbirkorlikka oid nazariy bilimlarni ma'ruza shaklida berish;
  • tinglovchilarda tadbirkorlik bo'yicha aniq tasavvur paydo qilish uchun mahorat darslari (master-klass)ni o'tish;
  • tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlar faoliyati bilan joylarga chiqib tanishtirish,
  • o'zi tanlagan sohada tadbirkorlikni amalga oshirish uchunt biznes reja tuzish va uning taqdimotini o'tkazish;
  • shakllangan bilim va ko'nikmalarni xolis baholash uchun test tiziminei joriy qilish;
  • 70 baldan yuqori baho olgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etish yo'lga qo'yilgan.

O'quv kurslari yakunida tinglovchilar tanlagan faoliyat yo'nalishlariga qarab biznes-reja tuzadilar va test topshiradilar. Biznes-rejani muvaffaqiyatli himoya qilgan va testlardan o'tgan tinglovchilarga kurs yakunida sertifikatlar beriladi.

O'quv jarayoni sifatini ta'minlash maqsadida o'quv kurslarining so'nggi kuni tinglovchilar orasida qayta aloqa o'rnatish uchun anonim so'rovnoma o'tkaziladi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, o'quv kurslarini tashkillashtirishdagi muammolar hal etiladi va o'quv jarayonining sifati muntazam ravishda yaxshilanib boriladi.

Kurs qatnashchilarining ta'lim olishi, bilimi va ko'nikmalarini oshirish, ta'lim jarayonini to'laqonli tashkil qilish uchun, o'quv auditoriyalari zamonaviy va barcha qulayliklarga ega jihozlar bilan to'liq ta'minlangan. O'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilyapti. Albatta, dasturlarni ishlab chiqish va treninglar o'tkazishda eng avvalo sifat, qiymat va natijaga e'tibor qaratilmoqda.

Ishtirokchilarning o'z biznes g'oyalari asosida, biznes rejalarini ishlab chiqish borasida nazariy va amaliy mashg'ulotlar bilan bir qatorda, viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalariga, kichik sanoat zonalariga tashriflar tashkil etilmoqda. Xususan, bu borada  mahalliy xokimiyatlar va mutasaddi tashkilotlar amaliy-tashkiliy yordam ko'rsatib kelmoqda.