баннер
30 Mar 2025
07:25

    Qoraqalpogʻistonda yangi yirik korxonalar tashkil etiladi

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov “Qatar National Cement” kompaniyasining direktori Essa Muhammad Ali Kaldari bilan uchrashdi.

    “Qatar National Cement” kompaniyasi 1965-yil tashkil topgan boʻlib, bugungi kunda kompaniyaning yillik daromadi 1 milliard dollarga teng.

    Shuningdek, kompaniya 2 ming fuqaroning bandligini taʼminlangan boʻlib, asosan sement va beton mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Ushbu kompaniya Qoraqalpogʻiston hududiga investitsiya olib kirish va yangi yirik korxonalar bilan birga yangi ish oʻrinlarni tashkil etmoqchi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech