Bu haqda Prezidentning “Qoraqalpogʻiston Respublikasida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–332-son, 03.11.2025-y.) da belgilangan.
Qarorga koʻra, Markaz hududida IT universitet, startaplar texnoparki va ularni qoʻllab-quvvatlash innovatsion guruhlari, yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, qurib foydalanishga topshirilgan ijtimoiy soha obyektlari Investor tomonidan tegishli davlat organlari tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib beriladi.








