Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganilmoqda.
Qayd etilishicha, shu yilning 5-sentyabr kuni Ellikqalʼa tumanidagi 28-maktabning 1-sinf oʻquvchisi X.Yo. (oʻgʻil bola)ning onasi S.Sh. dars jarayonini buzgan holda sinfga kirib borib, oʻqituvchi uni toʻxtatishga urinishiga qaramasdan, kuch ishlatib majburan oʻgʻlini sinfdan olib ketgan.
Holat yuzasidan S.Sh va boshqa shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid tegishli hujjatlar toʻplanib, sudga yuborilgan.
Bugun, 20-sentyabr kuni mazkur ish sudda koʻrib chiqilmoqda.
Ushbu vaziyat bolaning kim bilan yashashiga oid qarindoshlar oʻrtasidagi nizo oqibatida yuzaga kelgan boʻlib, mazkur masala yuzasidan hujjatlar sud tartibida hal qilinishi uchun taqdim etilgan.
X.Yo.ning hozirda taʼlim olish huquqi tiklanib, bola maktabda oʻqishini davom ettirmoqda.
Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.