Qayd etilishicha, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ushbu holat Buxoro viloyatining Toʻrtkoʻl tumanining turkman mahallalari boʻlishi mumkin deya taxmin qilinib, taxmin tekshirilgan. Biroq natija boʻlmagan. Tuman aholisidan ham chigirtkalar bosqini haqida murojaatlar kelib tushmagan.

Agentligining hududiy boʻlimlari tomonidan barcha viloyatlarda kuchaytirilgan nazorat olib borilgan, biroq oʻrganishlar natijasida toʻyda chigirtkalar yopirilgan hudud aniqlanmagan.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida qoʻshni davlatlar bilan telefon orqali axborot almashinilganda toʻy marosimi Lebop viloyatida oʻtkazilgani va yorugʻlikka chigirtkalar toʻdasi yopirilganini maʼlum qilgan. Lebop viloyati Oʻsimliklarni himoya qilish boʻlimi rahbari Arslan Durdigilijov maʼlumotni tasdiqlagan va hududda kimyoviy ishlov olib borilgani maʼlum boʻlgan.

Agentlik matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, tasvirdagi chigirtkalar saksovul bukri chigirtkasi boʻlib, Oʻzbekistonda asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida uchraydi. 18-iyun holatiga koʻra, respublikada 869,6 ming gektar maydonda kuzatuv-nazorat ishlari olib borilib, 503,2 ming gektar maydonda kimyoviy kurash tadbirlari oʻtkazildi.