Qoraqalpog'istonga yangi «Tez yordam» avtomashinalari olib kelindi

    Hududda bemorlarga tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash, tibbiy yordam ko'rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida 25 dona yangi avtotransport vositalari olib kelindi.

    Sog'liqni saqlash vazirligida «Tez yordam» bo'limlari uchun ajratilgan 25 dona zamonaviy «Volkswagen Caddy» avtotransport kalitlari tuman tibbiyot birlashmalariga topshirildi.

    Yil boshidan buyon Qoraqalpog'istonga ajratilgan «Volkswagen Caddy» avtomashinalari soni 74 taga etdi.