Qoraqalpog'istonlik yoshlar uchun kvotalar taqsimlandi

    Prezident farmoni bilan Qoraqalpog'iston Respublikasida doimiy istiqomat qiladigan va umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarini tugatgan yoshlar uchun davlat granti asosida qo'shimcha 3 ming kvota, shu bilan birga to'lov-kontrakt asosida qo'shimcha 6 ming 500 kvota ajratish belgilangan edi.

    Qoraqalpog'iston hududlari va yo'nalishlari kesimidagi ehtiyojga ko'ra, to'plagan ball ketma-ketligida 3 mingta grant joylari ajratib olindi.

    Ya'ni, yuqori ball bilan kontraktga kirgan yoki yuqori ball bilan o'qishga kira olmagan abiturientlar grantga o'tkazildi.

    Shuningdek, o'qishga kira olmagan 6 ming 500 abiturient to'plagan ballining ketma-ketligi bo'yicha kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi.

    Davlat grantiga o'tkazilgan va to'lov-kontraktga kirgan abiturientlarning ro'yxati oliy ta'lim muassasalariga jo'natildi.