Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar 16−18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani sababli bolalarning sogʻligʻiga salbiy taʼsirlarning oldini olish maqsadida sanitariya qoidalari va meʼyorlari talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzgidrometeorologiya xizmati tomonidan 2025-yilning 16-17-18-iyul kunlari ob-havo haroratining keskin oshishi kutilayotgani maʼlum qilindi.
Avvalroq, Xoʻjayli tumanida Xoʻjaylida barcha davlat bogʻchalari vaqtincha yopilgani haqida xabar bergan edik.








