Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri tayinlandi

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligida transport xizmatini koʻrsatish hamda soha boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish va tashkiliy masalalarga bagʻishlangan majlis oʻtkazildi.

    Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

    Unda Kaipbekov Paraxat Konыsbayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

    Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar “QQavtotexxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari kabi masʼuliyatli lavozimlarni muvaffaqiyatli bajargan.