Qadim zamonlardan qoraqalpoq oʻtovlarini jigarrang, pushti, och yashil va sariq ranglar uygʻunlashgan kigiz, gilamchalar bilan bezatish urf boʻlgan.
Gilamlar naqshlari nihoyatda xilma-xilligi bilan eʼtiborni tortgan.
Qadimgi gilamchi hunarmandlar 60 dan ortiq naqshlarni ishlatishgan va bu naqshlar antiqa nomlarga ega boʻlgan. Masalan, qoʻs moʻyiz (juft shox); segiz moʻyiz (sakkiz shox); toqalaq moʻyiz (chopilgan shox); joʻmalak moʻyiz (oʻralgan, dumaloq shox).
Naqshlarda boshqa bezaklar ham tez-tez uchraydi, ularning nomlari hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari bilan bogʻliq.