Tabrik matnida til — bu muloqot vositasi boʻlishi bilan birga, necha asrlar davomida oʻzining qadr-qimmatini yoʻqotmasdan, bizgacha yetib kelgan bebaho xazina ekani taʼkidlanadi.
"Shuni alohida taʼkidlashimiz kerakki, har bir xalqning oʻziga xos xususiyatini, har bir elning rivojlanish bosqichlari va kelajagini belgilashda ona tilining tutgan oʻrni alohida sanaladi.
Ana shu bebaho boyligimizni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. Shu bois, bu vazifaning ahamiyatini tushunib, yoshlarimizni ona tilimizga, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash yoʻlida barchangiz fidoyilik koʻrsatasizlar, deb qatʼiy ishonamiz.
Sizlarni yana bir bor Qoraqalpogʻiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganining 36-yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, yurtimizning yanada ravnaq topishi yoʻlidagi ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman", — deyiladi tabrik matnida.








