Endilikda bu yerda kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar oʻtib-qaytishlari mumkin. Post orqali yoʻlovchilar asosan yopiq inshootlar boʻylab harakatlanishadi. Postda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tezkor va samarali amalga oshirish uchun barcha sharoitlar nazarda tutilgan.
“Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega boʻlib, bu yerda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Postning ochilishi qoʻshni davlat fuqarolari uchun ham bir qator qulayliklarni yuzaga keltiradi.
Jumladan, Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatidan Jalolobod viloyatiga oʻtish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib oʻtilgan boʻlsa, endi ushbu masofa 101 km.ga qisqarib, Oʻzbekiston hududi boʻylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlanish, kifoya.