Qoʻrgʻontepa tuman “Dehqon bozori” MCHJ moddiy javobgar shaxslarining kirdikorlari fosh boʻldi

    Xavfsizlik 13 Iyul 2021 717

    Savdo hamda xizmat koʻrsatishdan tushgan 157 mln soʻmni kirim qilmasdan, jami 358,7 mln soʻm pul mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman “Dehqon bozori” MCHJ moddiy javobgar shaxslari MCHJning 201,7 mln soʻmini hech qanday asossiz ish haqi va ragʻbatlantirish sifatida olishganligi, shuningdek, savdo hamda xizmat koʻrsatishdan tushgan 157 mln soʻmni kirim qilmasdan, jami 358,7 mln soʻm pul mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.