Qo‘rg‘ontepada yuz bergan mudhish voqea yuzasidan rasmiy izoh berildi

    "Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘rg‘ontepa tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida yotgan Shuhratbek Abduqahhorov vafot etganligi haqida xabarlar tarqalgan.

    Aniqlanishicha, 9 noyabr kuni Sh.Abduqahhorov Jalaquduq tumanida kombaynga oyoqlari kirib ketishi oqibatida olgan jarohati tufayli jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.

    Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor 10 noyabr kuni vafot etgan.

    Hozirda holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Marhumning o‘limi kelib chiqish sababini to‘liq hajmda o‘rganib chiqishlik uchun sudga oid komissiyaviy ekspertizasi tayinlangan.

    Bundan tashqari, mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan yoki etilmaganligi holati yuzasidan Mehnat xavfsizligi ekspertizasi tayinlangan.

    Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Bosh prokuratura jamoasi og‘ir judolikka uchragan marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi", — deyiladi rasmiy bayonotda.