Andijon viloyati tuman hokimi loyihasi asosida Qo'rg'ontepaga Germaniya mamlakatidan o'qituvchilar jalb etilayotganidan xabaringiz bor. Loyiha amaldagi natijalarga ulashgan. Rotenberger xonim bir oy davomida Dardoq qishlog'idagi 25-maktabda o'sha hududdagi ingliz tili ustozlarining tajriba hamda malakalarini oshirishga ko'maklashadi.
Andijon viloyati hokimining qo'llab-quvvatlashi ostida tumanimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan mazkur loyiha doirasida bungacha to'rt nafar olmoniyalik pedagoglar, jumladan, Yorg Aster, Gabriella Bergxoff, Karl Shvarts hamda Anjelina Mayer Qo'rg'ontepaga kelgan.
Loyiha ta'limni rivojlantirishda xizmat qilishi bilan birga, yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni Yevropa mamlakatidagi xalqaro tashkilotlarda e'tirof etilishiga yana bir sabab bo'ldi.