Qorindagi yogʻni yoʻqotishda olimlar koʻk choyning samarali ekanligini isbotlashdi. Bundan tashqari, meva-sabzavotlarni muntazam isteʼmol qilish ushbu sohada ortiqcha vazndan xalos boʻlishga yordam beradi, deya “Express”ga asoslanib xabar bermoqda “Zamin.uz”
Olimlar qorin visseral yogʻi yuqori boʻlgan Xitoyning katta yoshli aholi orasida tadqiqot oʻtkazishdi. Tajriba ishtirokchilari ikki guruhga boʻlinishdi. Guruhlardan birining vakillari 12 hafta davomida har kuni koʻk choy isteʼmol qildi.
Tajriba shuni koʻrsatdiki, choy ichuvchilar qorin yogʻidan deyarli butunlay qutulishgan. Katexinlar bilan boyitilgan ushbu ichimlikni isteʼmol qilish natijasida oʻrtacha visseral yogʻ miqdori, tana vazni va organizmda toʻplangan ortiqcha yogʻ sezilarli darajada kamaydi. Olimlarning fikricha, koʻk choy metabolizmni tezlashtiradi. Bu organizmga kaloriyani koʻproq yoqishga yordam beradi.
Qorin yogʻidan qutulmoqchi boʻlganlar uchun mutaxassislar har kuni kamida besh porsiya meva-sabzavot isteʼmol qilishni, shuningdek, taomnomaga kletchatkaga boy kraxmalli mahsulotlarni kiritishni maslahat berishadi. Bundan tashqari, taomga tuz yoki shakar qoʻshmaslik kerak. Shuningdek, kam yogʻli sut yoki kalsiyli soya ichimliklarini isteʼmol qilish va kuniga 6-8 stakan suv ichish tavsiya etiladi.