Majburiy ijro byurosi Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan 25.08.2020-yilda mazkur sud buyrugʻi ijrosini taʼminlash yuzasidan ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilib, qarorning bir nusxasi «Oʻzbekgeofizika» AJ mansabdor shaxslariga topshirilgan va ijrosini taʼminlash uchun 10 kunlik muddat belgilangan.
Garchand, qarzdor «Oʻzbekgeofizika» AJ bank hisob raqamlarida sud hujjatida belgilangan qarzdorlikni toʻlab berishlari uchun keragidan ortiq miqdorda mablagʻ mavjud boʻlsada, jamiyat mansabdor shaxslari qarzni toʻlashni paysalga solib kelishgan.
Davlat ijrochisi tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddat tamomlangach qarzdor «Oʻzbekgeofizika» AJning bank hisob raqamlariga 07.09.2020-yilda inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan boʻlsa, 08.09.2020-yilda davlat boji va pochta xarajatlari bilan qoʻshib hisoblanganida 530 mln. 280 ming 953 soʻm qarzdorlik majburiy tarzda undirib olingan hamda majburiy ijro harakatlari amalga oshirilganligi sababli qarzdordan qoʻshimcha ravishda 10 mln. 506 ming 619 soʻm ijro yigʻimi undirilgan.
Qarzdor «Oʻzbekgeofizika» AJ mansabdor shaxslari eʼtiborliroq boʻlganlarida edi, ortiqcha xarajatlarga oʻrin qolmas edi.
Majburiy ijro byurosi
Fargʻona viloyat boshqarmasi