Loyiha bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilayotgan oʻzgartirishlar asosida maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish va jazolarni qoʻllash vakolatlari IIV huzuridagi qoʻriqlash boʻlinmalarining mansabdor shaxslariga berilmoqda.

Shuningdek, bir qator qonunlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar orqali qoʻriqlash faoliyati sohasida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning vakolatlari aniq belgilanishi koʻzda tutilgan.

Qonun loyihasi deputatlarning taklif va mulohazalari asosida takomillashtirildi hamda qoʻriqlash faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.