Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi.
Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-oktyabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.
2023-yil 1-iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizasiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-oktyabrdan:
tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizasiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi;
mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.
2024-yil 1-oktyabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.