Tadbirkorlik subyektlariga biznesni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlari ajratilmoqda. Lekin kreditni qaytarish majburiyatini oʻz vaqtida bajarmayotgan jamiyatlarning kredit qarzdorligini undirish majburiy ijro etish choralarini qoʻllagan holda Byuro organlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Masalan, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish boʻlimi ish yurituvidagi, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining 08.05.2023-yildagi qaroriga asosan “Qaraqalpaq Agro Impeks” MCHJdan TIF “Milliy bank” AJ foydasiga 2 124 145 AQSH dollarini undirish belgilangan.
Qarzdorga ushbu ijro hujjati ijrosini taʼminlash haqida ogohlantirishlar berilgan va qoʻshimcha javobgar “Vodiy Yuksalish Invest” MCHJga tegishli boʻlgan, Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Yormozor koʻchasida joylashgan qiymati 9,9 mlrd. soʻmlik bino va inshoatlar boshqarma inspektori tomonidan tegishli tartibda xatlovga olingan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan koʻchmas mulk elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.
Oʻtkazilgan auksion savdolarida sotuvga chiqarilgan koʻchmas mulklarga xaridor topilmaganligi sababli ushbu mulk qarzdorlik evaziga AT “Xalq bank” balansiga joriy yilning 29-aprel kuni oʻtkazib berilgan.