Uchrashuvda biologik xilma-xillikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik ta'limni ilgari surish bilan bog'liq qo'shma loyiha va tashabbuslarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ongli iste'mol qilish bo'yicha sa'y-harakatlarni faollashtirish zarurligi hamda barqaror ekologik mas'uliyatli xulq-atvorni shakllantirish muhimligini ta'kidladilar.