Yoshi 60 ga yaqinlashgan ikki nafar farzandi bor M.E. arzimagan 400 000 soʻm evaziga oʻzining yashash xonadonidan qoʻshmachilik maqsadida foydalanib kelgani aniqlandi. U Jinoyat ishlari boʻyicha Beshariq tuman sudining hukmi bilan Jinoyat Kodeksining 131-moddasida koʻrsatilgan, yaʼni “Qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash” jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari miqdorida 8 500 000 soʻm jinoiy jarima jazosi tayinlandi. Jinoiy jarimani undirish byuroning Furqat tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.
Bu ayol 2023-yilning avgust oyida ham xuddi shu kabi jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, unga 120 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan ekan.
Boʻlim davlat ijrochisi tomonidan M.E.ga belgilangan jinoiy jarimani Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga asosan belgilangan muddatda toʻlashi lozimligi ogohlantirishiga qaramay M.E. davlat ijrochisidan 3 oydan ortiq muddat davomida qochib jarimani toʻlamasdan kelgan.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 32-1-moddasi tartibida JKning 44-moddasiga asosan jinoiy jarima jazo turini boshqa jazo turiga almashtirish yuzasidan Furqat tuman JIB sudiga taqdimnoma kiritildi va sud jinoiy jarima jazosini ozodlikdan cheklash jazo turiga almashtirildi.