Qoʻshni Qirgʻiziston bilan yana bir chegara maskani ochiladi

    Shu kunlarda Uchqoʻrgʻonda Oʻzbekiston Respublikasini qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi bilan bogʻlovchi chegara posti qurilishi ishlari jadallashdi.

    Prezidentimizning Qirgʻizistonga davlat tashrifi chogʻida ikki mamlakatning hududlararo kelishuvlari amalga oshirilgan hamda unda Namangan va Jalolobod viloyatlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlovchi “Yoʻl xaritasi” bitimi imzolangandi.

    Hozir Uchqoʻrgʻon tumanidagi Boʻston mahallasining “Uchqoʻrgʻon – Madaniyat” yoʻlining 10-kilometrida joylashgan “Uchqoʻrgʻon” chegara bojxona posti qurilish jarayonlari qizgʻin kechmoqda.

    Taʼkidlash joiz, xuddi shunday loyiha Qirgʻiziston Respublikasi Navkent tumani Qiziltuu qishlogʻi “Kengsay” bojxona postida ham amalga oshirilmoqda.

    Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Respublikalari chegarasida joylashgan “Uchqoʻrgʻon” va “Kengsay” chegara bojxona postlari shu yili foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.