OʻzA muxbirlarining Qirgʻiziston Favqulodda vaziyatlar vaziri Zamirbek Askarovning axborotiga tayanib maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi.

Oʻzbekiston Qirgʻizistonga 2 ming tonna un, 9,5 ming dona kombinezon, 12 ming dona niqob, 25 ming dona qoʻlqop, 500 dona himoya koʻzoynagi, 200 dona pirometr, 45 tonna xlor yetkazib bergan.